Milliy kurash musobaqasi
Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvarь - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Biz sohibqiron Аmir Temur avlodlarimiz” shiori ostida milliy kurash musobaqasi boʼlib oʼtdi. Musobaqada boshqarma sohaviy xizmatlari va Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda shahar-tuman ichki ishlar boʼlimlari xodimlari ishtirok etishdi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar tayyorgarligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan harakatlanishi, shuningdek, xodimlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanishini takomillashtirish, sport musobaqalari orqali xodimlarda iroda, kuch va imkoniyatlariga boʼlgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan sport musobaqasi qizgʼin va murosasiz bahslarga boy boʼldi.
Xodimlar orasida sogʼlom turmush tarzini kengroq targʼib etish, iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida 4 vazn toifasida oʼtkazilgan kurash musobaqasida barcha polvonlar oʼz mahorat va tajribalarini ishga solib oʼzaro bellashdilar.
Oʼtkazilgan kurash musobaqasining 73 kilogramm vazn toifasida boshqarma Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi serjant Javlon Togʼaev gʼoliblik shohsupasidan joy oldi.
Navbatdagi 81 kilogramm vazn toifasida boshqarma maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Kasbiy tayyorgarlik boʼlimi xodimi leytenant Rustam Saidov, 90 kilogramm vazn toifasida boshqarma Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi kichik serjant Botir Xoliyorovlar 1-oʼrinni qoʼlga kiritishdi.
Musobaqaning +90 va undan yuqori vazn toifasida boshqarma maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Kasbiy tayyorgarlik boʼlimi xodimi leytenant Oybek Xudoyorov gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.
Polvonlarga gʼoliblik diplomi va qimmatbaho sovgʼalarni Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosarlari polkovniklar Аziz Аllanazarov, Xabibulla Bozorov va podpolkovnik Xurshid Аtanazarovlar topshirdi.