1 Iyul 2021 yil 599

MILLАTIMIZ TIMSOLI

Qashqadaryo viloyati IIB da Oʼzbekiston Republikasi davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan millatimiz timsoli mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma Kadrlar boshqarmasi hamda IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼqituvchilar va oʼquvchilari ishtirok etdi. Tadbirni boshqarma Kadrlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Sh.Muslimov ochib, 1992 yil 2 iyulь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilinganini aytib oʼtdi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar gerbimizdagi har bir rang, chiziq, belgi teran ramziy maʼnoga egaligi, oʼng tomondagi paxta va gʼarq pishgan bugʼdoy boshoqlari xalqimizning mehnati halol, rizqi butun ekanligini ifodalashini taʼkidladi. Gerbning yuqori qismida mamlakatimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Unda oʼz ifodasini topgan yarimoy qoʼlga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz esa xalqimiz hamisha komillikka intilishi hamda saodatga eltuvchi yoʼlni tanlaganini bildiradi. Baland togʼlar oralab oqayotgan daryolar — avlodlar osha yashab kelayotgan mangu quvvat timsoli, xalqimiz koʼzlagan yuksak marralardan dalolat beradi. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli boʼlgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. U qadimdan baxt hamda davlatmandlik ramzi, erk, saodat, himmat, olijanoblik, omad timsoli hisoblangan.
Davlatimiz gerbida gullagan vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasviri zaminimizning serquyoshligiga, xalqimiz intilayotgan nurafshon manzillarga ishoradir. Gerbning pastki qismidagi respublika Davlat bayrogʼini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga “O`zbekiston” soʼzi bitilgan. Bu bilan nafaqat mamlakatimiz mustaqilligi mustahkamlandi, balki xalqimiz oʼzi istagan va tanlagan yoʼlda yana bir muqaddas timsolga ega boʼldi.
Yigʼilishda viloyatning shahar-tuman IIBlarida ham bu borada shaxsiy tarkib bilan tadbir uyushtirish va yoshlarning davlat gerbining ahamiyati va undagi timsollar toʼgʼrisidagi tushunchalarini yanada boytish borasida tavsiya va takliflar berildi.
Tadbir ishtirok etgan yosh xodimlardan bir guruhi davlatimiz gerbi haqida sheʼrlardan namunalar oʼqishdi.

Text to speech