23 Dekabr 2021 yil 551

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan sayyor qabul boʼlib oʼtdi

Qarshi shahridagi “Hayot” mehmonxonasining majlislar zalida mamlakatimizda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan sayyor qabul boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va viloyat IIB M va FRB, IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari, Oʼzbekisiton fuqaroligiga qabul qilinganlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda IIV M va FRBB boshligʼining 1-oʼrinbosari polkovnik Shuhrat Xodjaev oʼn yetti nafar fuqarolarning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, ID-kartalar olish borasidagi murojaatlarini tingladi. Sayyor qabulda yettita murojaat joyida ijobiy hal etildi. Shundan besh nafar fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi ID-kartalar rasmiylashtirib berildi. Ikki nafar fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning fuqaroligi tan olindi. Bundan tashqari ilk pasport olish yoshiga yetgan IIV Qashqadaryo akademik litseyining yigirma nafar oʼquvchilariga ID-kartalar topshirildi.
Oʼrganish va vaqt talab etadigan oltita murojaat esa nazoratga olinib, masʼullarga ijro uchun yuborildi.

Text to speech