5 Iyun 2020 yil 603

Metin iroda» xoʼsh bu kimda yoki nimada aks etadi?

Jamiyatning kichik bir boʼgʼini boʼlmish oila bu kichik bir jamiyatdir. Uning har-bir fuqarosining oʼz vazifa va masʼuliyati yozilmagan boʼlsada amalda ijrodadur! Xoʼsh shunday ekan bu oʼzbek mentalitetining qon-qonimizga singib ketganidandir ehtimol! 

Oilada bajarilishi lozim va shart boʼlgan vazifa va burch bu insonni har qanday «metin iroda»  deb atalmish hayot choʼgʼida toblaydi. Аgar atrofga nazar solsangiz hatto kichik bir jonzot chumolining ham harakatini koʼz ilgʼamas darajada ilgʼaysiz! Insonchi? Uning harakati hozirgi shiddatli zamon va sinovli vaziyatda qay darajada koʼrinmoqda? Har bir oilaga kirib borar ekansan, u yerda ayol va erkakning teng yelkama-elka roʼzgʼorning ola xurjunini yelkasiga ortmoqlab, tortayotganini guvohi boʼlasan kishi! Аyrim holatlarda esa buning aksidir. Xoʼsh shu oʼrinda savol tugʼiladi? Masьuliyatning yuki qancha? Majburiyatning tarozisi qancha koʼrsatadi? Oila poydevorining mustahkamligi kimning va nimaning asosida yaratiladi? Savollar koʼp, lek javoblar ogʼir! 

Yaqin kunda nohush holatni oʼrganishga borganimda ayol turmush oʼrtogʼi tomonidan jismoniy zoʼrlikka oʼchragan! U bilan suhbat asnosida, shuncha noxoʼsh holatlardan keyin, qay tarzda yashaysiz degan savolimga u ayol, badani ogʼriqdan ogʼrisada, harakatlanishga majoli boʼlmasada, menga goʼyoki eshitilmayotgandek bor koʼchini toʼplab, shunday dedi; Bolalarimning otasi ularga qarasa, boqsa, moddiy taьminlasa yana chiroyli yashab ketaveraman! 

Shunda bor vujudimni sovuq ter bosdi! Xoʼsh bu ayoldagi kuch «Metin irodami?» yoki oiladagi ayol burchimi? 

Text to speech