28 Oktyabr 2021 yil 314

Metall quvurlarini oʼgʼirlagan shaxs qoʼlga olindi

Shahrisabz shahar “Navroʼz” MFYda yashovchi M.F. Shahrisabz tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 10 oktyabr kuniga oʼtar kechasi “Loliston” MFYda joylashgan molxonasidan diametri 75 mm.li 10 metr va diametri 100 mm.li 7,5 metr metall quvurlarini nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Shuningdek, Shahrisabz shahar “Sariosiyo” MFYda yashovchi uy bekasi K.M. ham 2021 yil 15 oktyabr kuni Shahrisabz tumani “Istiqbol” MFYda joylashgan molxonasidan bir dona eshik va 2 dona romlarini oʼgʼirlab ketilganligini bildirgan.

Har ikkala holat boʼyicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Shahrisabz tumani “Lolisiton” MFYda yashovchi S.I. sodir etgaligi aniqlanib, undan yuqorida nomlari keltirilgan ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech