23 Yanvar 2024 yil 316

Merganlik musobaqasi

IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining 2024-yil sport musobaqalarini o‘tkazish taqvimiy rejasiga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning pnevmatik quroldan “O‘q otish” turi bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qashqadaryo viloyatibo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada jamaolar o‘zaro bellashdilar. Musobaqaning pnevmatik pistoletdan o‘q otish bahslarida 1-o‘rinni  55159-harbiy qism harbiy xizmatchisi, oddiy askar Abdusodiq Maxmudov, 2-o‘rinni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi,  III- darajali serjant Pozilbek Talibayev, 3-o‘rinni IIV XAXT 7256-harbiy qism harbiy xizmatchisi, kapitan Laziz Xaydarov qo‘lga kiritdi.

Qizg‘in va murosasiz musobaqaning VP-1 (vintovka pnevmaticheskiy) qurolidan o‘q otishda 1-o‘rinni  55159-harbiy qism harbiy xizmatchisi, serjant Otabek Axmatjonov band etdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlar 55159 harbiy qism harbiy xizmatchisi, serjant Shamshod Kattaxonov va Qashqadaryo viloyati IIB xodimi, katta serjant Farrux  Fayzullayevga nasib etdi.

Shuningdek, musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasida pnevmatik pistoletdan o‘q otish bahslarida  55159-harbiy qism harbiy xizmatchisi,  oddiy askar Nargiza Rashidova 1-o‘rinni, IIV XAXT 7256- harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Nodira Kattamova 2-o‘rinni, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, III- darajali serjant Marjona Botirova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida esa 1-o‘rinni 55159-harbiy qism, 2-o‘rinni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, 3-o‘rinni IIV XAXT 7256-harbiy qismi terma jamoasi a’zolari  qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech