Mehr va saxovat tadbiri
Inson qadri aziz boʼlgan yurtimizda, har bir mehrga inson alohida eʼtibor va eʼzozga loyiq boʼlib, hech kim mehrdan chetda qolmaydi. Jumladan, Qarshi shahar 17-Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasida muborak Ramazon oyi munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Eriell Group qoʼshma korxonasi va OАV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʼz olganlar yurtimizda imkoniyati cheklangan bolalarga koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlik va yuksak ehtirom alohida eʼtirofga loyiqligini taʼkidlashdi. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Аlohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 638-sonli Qarori muhim dasiurilamal boʼlib xizmat qilayotir.
Tadbir doirasida maktabda tahsil olayotgan 480 nafar imkoniyati cheklangan oʼquvchilarga Eriell Group qoʼshma korxonasi tomonidan sovgʼa-salomlar berilgani bolajonlarga oʼzgacha zavq ulashdi.
Mehr-saxovat tadbirida bolajonlar oʼzgacha zavq olgani ularning soʼzlari va yuzlaridagi quvonchda zohir boʼldi.