21 Fevral 2024 yil 346

Mehnat yarmarkasi tashkil etildi

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" munosabati bilan Kasbi tuman IIB JXX Probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan nazoratdagi shaxslar qayta jinoyat sodir etishini oldini olish,  ijtimoiy hayotga moslashtirish, ish bilan bandligini ta’minlash, muayyan kasbga o‘qitish orqali ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, hamda mehnatga halol munosabatni shakllantirish borasida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Tadbirda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha Mehnat yarmarkasi tashkil qilinib, unda 3 nafar nazoratdagi shaxslarga ishga joylashishlari uchun  tashkilotlarga yo‘llanmalar berilib, 2 nafari ishga joylashtirildi.

Text to speech