28 Mart 2024 yil 368

Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi


Kasbi tuman ichki ishlar bo‘limi JXX Probatsiya guruhi hisobida bo‘lgan nazoratdagi shaxslar bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Unda nazoratdagi shaxslar qayta jinoyatga qo‘l urmasligi, mehnatga halol munosabatda bo‘lishi, belgilangan qoidalarga amal qilishi uchun foydali mehnat bilan shug‘ullanishi lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi.

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da nazoratdagi shaxslar tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar bilan murojaat qilishlari yuzasidan ishtirokchilarga tushunchalar berdi.

Shunday so‘ng bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha Mehnat yarmarkasi tashkil qilinib, bir nafar nazoratdagi shaxs ishga joylashtirildi.

Text to speech