10 Yanvar 2024 yil 532

Mehnat yarmarkasi

Muborak tuman ichki ishlar bo‘limi JXX Probatsiya guruhi hisobida bo‘lgan nazoratdagi shaxslar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik S.Sharopov so‘zga chiqib, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar bilan murojaat qilishlari yuzasidan ishtirokchilarga tushunchalar berdi.

Tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik F.Toyloqov va tuman prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Rajabovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyun kunidagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirib, nazorat ostidagi shaxslarga jazo o‘tashi davomida qayta jinoyat sodir etmasliklari va sud tomonidan  qo‘yilgan cheklovlarga qat’iy amal qilishlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Shunday so‘ng bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha Mehnat yarmarkasi tashkil qilinib, unda 2 nafar nazoratdagi shaxslarga ishga joylashishlar bo‘yicha tashkilotlarga yo‘llanmalar berildi.

Text to speech