Mehnat yarmarkasi
Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Maxsus qabulxonasida viloyat Bandlikka koʼmaklashish markazi va JTSD xodimlari ishtirokida boʼsh ish oʼrinlari koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma Maxsus qabulxonasida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgani uchun jazo muddatini oʼtayotgan shaxslar ishtirok etdi.
Tadbirda shahar va tumanlardagi tashkilotlarda mavjud boʼlgan boʼsh ish oʼrinlari koʼrgazmasi tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etganlar oʼzlari qiziqqan ish oʼrinlari bilan tanishib, mutaxassislardan kerakli tavsiya va takliflarni olishdi. Bundan tashqari fuqarolar oʼzini oʼzi band etishi uchun sartaroshlik va boshqa maishiy xizmat turlari boʼyicha koʼrgazmadan joy olgan takliflarni oʼrganib chiqishdi.
Tadbirda bir nafar fuqaro “Oʼzbekiston-Xitoy” ip yigiruv qoʼshma korxonasiga, yana bir nafari esa Qarshi shahar “Universal taʼmirlash” korxonasiga haydovchilikka ishga jalb etiladigan boʼldi.
-Maʼmuriy huquqbuzarligi uchun ayni paytda jazo oʼtayotgan yoshlar bu iboraning haqiqatligini shu yerga kelib tushunib yetishdi, - deydi viloyat IIB PPX va JTSB boshligʼi podpolkovnik Jasur Toshev.- Oʼtkazilayotgan tadbirdan koʼzlangan maqsad xoh katta, xoh kichik boʼlsin, fuqarolarni ish bilan yoki bandligini taʼminlash koʼrgazmali misollar asosida tushuntirildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.