16 Dekabr 2023 yil 582

“Men xalq posboniman”

O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Men xalq posboniman” nomli harbiy-sport o‘yinlari musobaqasini bo‘lib o‘tdi.

Harbiy-sport o‘yinlari musobaqasida o‘quvchilar jamoalarga birlashgan holda “GP-5” gaz niqobini kiyish, avtomatni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, 16 kg toshni ko‘tarish, “Arqon tortish” bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan harbiy-sport o‘yinlari musobaqa yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha , jamoa hisobida 1-o‘rinni 22-06 guruh, 2-o‘rinni 22-03 guruhi, 3-o‘rinni 22-08 va 22-05 guruhlari egallashdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech