Mehr-saxovat tadbiri
Inson qadri sarbaland yurt bagʼrikenglik, saxovatpeshalik, yiqilganni suyash, chorasiz qolganlarga koʼmak berish, nogiron va boquvchisini yoʼqotgan oʼksik koʼngillarga mehr ulashish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan. Аyniqsa, bayramlar arafasida kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar va nogiron fuqarolar holidan xabar olinib, mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.
Bunday xayrli va savobga yoʼgʼrilgan tadbirlar boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ham amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Chiroqchi tumanidagi Uymovut mahallasida yashovchi ikki nafar oilalar holidan xabar olib, birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlari va bolajonlarga Yangi yil sovgʼalar berildi.
Oilaning yetti nafar farzandlari Yangi yil sovgʼalaridan cheksiz quvonch hissini tuygani ularning yuz koʼzlarida zohir boʼldi.
Bu boradagi mehr-saxovat tadbirlari vohaning shahar va tumanlarida davom etmoqda.