Mas’ullarning mas’uliyati oshirildi
Qarshi shahar IIO FMBda “Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz muomalani oldini olish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda respublika IIV ishchi guruhi, viloyat IIB JTSB, viloyat obodonlashtirish boshqarmasi huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boshqarmalari va uning bo‘limlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari, Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmati bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari aks etgan lavhalar ko‘payib, aksariyat holatlarda ularning ijrochisi sifatida voyaga yetmaganlar va yoshlar namoyon bo‘layotgani qayd etildi. Qolaversa, uy hayvonlari saqlayotgan ayrim fuqarolar tomonidan hayvonlarni saqlash va ularni parvarishlashga nisbatan sovuqqonlik bilan qarash holatlari uchramoqda. Bunday salbiy holatlarni oldini olish, tabiatning ajralmas bo‘lagi bo‘lgan hayvonlarni himoya qilish insoniy burch ekanligini yoshlar va voyaga yetmaganlarga tushuntirib borish bugungi avlodning muhim vazifasi ekanligi uqtirildi.
Bu borada mas’ul idoralar vakillarining mas’uliyati oshirilib, uy hayvonlarini himoya qilish va parvarishlash, vaksinatsiya ishlarini o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish vazifasi yuklandi.
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.