18 Dekabr 2020 yil 543

MАSTLIKDАN SАQLАNING!

 

Viloyat IIB PPX va JTSB Maxsus qabulxonasida boshqarma rahbariyati, Oʼzbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi hamda boshqarma YHXB hamkorligida tarbiyaviy profilaktik tadbir uyushtirildi. Unda muassasada tarbiyalayotgan shaxslar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat Imom-xatibi oʼrinbosari Rajabali Norqoʼchqorov muassasada maʼmuriy jazo muddatini oʼtayotgan shaxslarga Islom dini va arkonlari tomonidan harom deb eʼlon qilingan aroq ichish, uning gunohi, shuningdek, otaning farzand oldidagi burchlari, er-xotinning bir-biriga munosabati, nikoh shartlariga amal qilishlik farzlari toʼgʼrisida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.

Qarshi shahar IIO FMB YHXB katta inspektori  serjant Аhror Usmonov shu yilning dekabrь oyi birinchi 10 kunligida viloyat miqyosida mast holatda avtomashina boshqarib sodir etilgan ayanchli avtohalokatlar va bunday salbiy holatlarning kelib chiqish oqibatlari, bundan tashqari yoʼl harakati qoidalarini buzganlik uchun toʼlanadigan jarimalar, mabodo oʼz vaqtida jarima toʼlanmaganda undirish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Koʼlami keng tabdir yakunida Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Text to speech