27 Avgust 2021 yil 536

Masofaviy sud amaliyoti: tajriba va muammolar


Viloyat IIBda “Masofaviy sud amaliyoti: tajriba va muammolar” mavzusida videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda JIB viloyat sudi, viloyat IIB hamda shahar-tuman JIB sudi raislari va Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati va barcha profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.
Yigʼilishni viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik U.Yaxshiev ochib, kun tartibidagi masala Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qaroriga asosan, profilaktika inspektorlarining sud majlislarida “masofaviy” tarzda qatnashish amaliyoti, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan oʼz tavsiya va takliflarini bildirdi.
Videoselektor yigʼilishida JIB Qashqadaryo viloyat sudi raisi oʼrinbosari Oʼ.Mamadaliev sud va viloyat IIB masʼul xodimlariga slayd koʼrinishida profilaktika inspektorlariga “masofaviy” sud majlislarini oʼtkazish tartibi, unga qoʼyiladigan talablar, uning afzalliklari, huquqiy asoslari kabi masalalar yuzasidan oʼquv amaliy seminari oʼtkazib, qatnashchilarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berdi.
Yakunda kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda ichki ishlar organlari va sudlar oʼrtasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

Text to speech