5 Aprel 2022 yil 471

“Mashʼal” mahallasi ichki yoʼllariga shagʼal yotqizilmoqda

Yurtimizning har bir goʼshasida Inson omili doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Inson qadri uchun doirasida odamlarga shart-sharoit yaratish borasida bir qator bunyodkorlik ishlari bugun jadal tus olgan. Bu boradagi ishlar 3254 nafar aholi istiqomat qiladigan Koson tumanidagi “Mashʼal” mahalla fuqarolar yigʼinida ham jadal kechmoqda. Mahallada ijtimoiy muammolarni tizimli hal qilish, hudud infratuzilmasi bilan bogʼliq yigʼilib qolgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga barcha kuch va vositalar jalb etilib, qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev boshchiligidagi ishchi guruh mahallaning 13 ta koʼchasidan 5 tasiga tosh-shagʼal yotqizish ishlarini amalga oshirdi. Qolgan koʼchalardagi tosh-shagʼal ham maxsus texnikalar yordamida tekislanmoqda. Mahallaning qolgan koʼchalarida bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech