Maqsadimiz Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, "Xalqni rozi qilish!"
Viloyat hokimi Murotjon Azimov
tuman va shaharlar sektor rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash
hamda turizm, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa bir qator masalalarda fikr
almashib, kelgusi 4 oy davomida hududlarda amalga oshiriladigan ishlarni
tashkil etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas, dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Viloyat hokimi ta’kidlashicha,
vohamizda mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitining
yaratilishi natijasida tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalari soni 3
baravarga ko‘paydi.
Tadbirkorlarimiz kuchi,
tashabbusi, yangidan-yangi loyihalari natijasida viloyatimizda ishsizlik
darajasi – 2 foizga, kambag‘allik - 4 foizga kamaydi.
- Yutuqlar bilan bir qatorda
kamchiliklar ham yo‘q emas va bu kamchiliklarni bartaraf etishga oldimizda
roppa-rosa yana 4 oy bor, - dedi viloyat rahbari. - Shunday ekan, Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek, "Xalqni rozi qilish!" yo‘lida barcha rahbarlar
birdek harakat qilishi, xalq dardini o‘z dardi kabi his etib faoliyat olib
borishi kerak.
Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar muhokama
qilinib, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.