12 Noyabr 2022 yil 266

Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!

 

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i! mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi, dotsent Adiba Shaymanova har bir xalq, millat uchun o‘z Vatanining ramzlari muqaddas hisoblanishini, ularda o‘sha xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlari o‘z aksini topganini madhiya, gerb va bayroq milliy ramzlarimiz ekanligini ta’kidladi.

1991 yil 18 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bayrog‘imiz va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “Nadomat” noli videorolik namoyish etildi. 

Yakunda xizmat burchiga sodiq qolib, qo‘sh jinoyatni fosh etib, ichki ishlar organlarining xalq orasida ob’ro‘sini oshirishga munosib hissa qo‘shgan Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika inspektori kapitan Ikrom Yusupovga pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech