14 Fevral 2022 yil 477

Marixuana giyohvandlik vositasining jami sof ogʼirligi 167,3 gramni tashkil etdi

Koson tuman IIBga 2022 yil 12 fevral kuni tushgan xabarga koʼra, VIIB xodimlari hamkorligida “Yoshlar orasida Giyohvandlik va OIV infektsiyasining tarqalishini oldini olish tezkor profilaktik tadbirini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi farmoyishiga asosan 2022 yil 11 fevral kuni soat 11:50larda, Koson tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi M.B.ni yashash uyi “Turar joyda tekshirish” tezkor tadbiri oʼtkazilganda, uning yashash uyidagi malla rangli sandigʼi ichidan oq rangli selofan paketga oʼralgan quruq holatdagi sof ogʼirligi 0,8 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligini aniqlagan va M.B.ning molxonasini tepa qismidagi bolorlar orasida oq rangsiz selofan paketga oʼralgan hamda shu molxonadagi tikanlar tagidan qora rangli selofan paketga solingan quruq holatdagi sof ogʼirligi 166,5 gramm jami sof ogʼirligi 167,3 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalarini kelgusida sotish maqsadida, yashash xonadonida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositalari holislar ishtirokida tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan. Viloyat IIB EKBning xulosasida fuqaro M.B.ning yashash uyi molxonasidan olingan rangsiz va qora rangli selofan paketlar ichidagi quruq holatdagi Marixuana giyohvandlik vositasining sof ogʼirligi 166,5 gramga teng. M.B.ning yashash uyidagi malla rangli sandiq ichidan olingan rangsiz selofan paketga solingan quruq holatdagi Marixuana giyohvandlik vositasining sof ogʼirligi 0,8 gramga teng. Quruq holatdagi Marixuana giyohvandlik vositasining jami sof ogʼirligi 167,3 gramni tashkil etishi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan M.B.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech