29 Aprel 2020 yil 745

“Marixuana” giyohvandlik moddasi fosh etildi

2020 yil 24 aprelь kuni soat 11:30 larda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar “Аfsona” mehmonxonasining orqa tomonida Shahrisabz shahar “Maʼrifat” MFYda yashovchi M.X.ga Shahrisabz shahar, “Qoʼshhovuz” MFYda yashovchi А.S. 600 ming soʼm evaziga 1 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutiga joylangan 3,4 gramm marixuana giyohvandlik vositasini sotgan, shu kuni soat 17:30 larda S.А. X.M.ga 1 mln. soʼm evaziga 2 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutiga joylangan 6,4 gramm marixuana giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida viloyat IIB va Shahrisabz shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasida, S.А.dan sotib olingan 1 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutisiga joylangan yashil rangli, qoʼl bilan ushlanganda quruq holdagi, oʼziga xos hidli, oʼsimlik moddasi-tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu oʼsimlik moddasi marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 3,4 gramm ekanligini koʼrsatilgan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasida, S.А.dan sotib olingan 2 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutisiga joylangan yashil rangli, qoʼl bilan ushlanganda quruq holdagi, oʼziga xos hidli, oʼsimlik moddasi-tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu oʼsimlik moddasi marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 6,4 gramm ekanligini koʼrsatilgan. Shahrisabz shahar IIB huzuridagi TB tomonidan S.А.ga nisbatan Oʼz.R JK 273-m. 2-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech