12 Yanvar 2022 yil 435

“Mard oʼgʼlonlar nomi barhayot”


Qashqadaryo viloyati IIBda Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mard oʼgʼlonlar nomi barhayot” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlari, IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari ishtirok etgan tadbirda Boshqarma Xotira monumentidan joy olgan el osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligi, jinoyatchilarga qarshi kurashish chogʼida mardlik xislatlarini namoyish etib, xizmat burchini bajarish chogʼida vafot etgan xodimlar xotirasi yodga olindi. Ularning hayot va xizmat faoliyati haqida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir doirasida bolajonlar Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bogʼi”ga sayohat uyushtirib, koʼrgazmaga qoʼyilgan harbiy jihozlar bilan tanishib, maproqli hordiq chiqarishdi.
Har ikkala tadbir bolajonlarda katta taasurot qoldirdi.

Text to speech