1 Noyabr 2022 yil 275

MAHORAT DARSI

 IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilarining ichki ishlar organlari xizmatiga qiziqishini yanada oshirish hamda ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” konseptual g‘oyasi asosida IIV Malaka oshirish instituti o‘qituvchilari mahorat darsi o‘tdi.

Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan mahorat darsida IIV Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.A.Sulaymonov dastlab davlatimiz rahbari tomonidan bugungi kunda ichki ishlar organlariga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.  Shundan so‘ng bugungi kunda ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati haqida batafsil fikrlarni bayon edi.

Ichki ishlar organlari uchun vatanparvar, yuksak ma’naviyatli, ruhan tetik, jismoniy sog‘lom nomzodlarni  tayyorlash davr talabi ekanligini, kelgusida shu sohada faoliyat ko‘rsatadigan yoshlar mana shunday fazilatlarga ega bo‘lishlari zarurligi o‘quvchilarga tushuntirildi.

Text to speech