29 Mart 2024 yil 235

MAHORAT DARSI

IIV Qashqadaryo akademik litsey o‘quvchilariga IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7533-harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi xodimlari Mahorat darsi o‘tishdi.

Ichki ishlar vazirining 2024 yil 15 fevral kunidagi “Ichki ishlar vazirligining o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablariga asosan, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasiga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlashga qaratilgan tadbirda IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7533-harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi katta mutaxassis granatamyotchisi, “Dovyurak jangchi” ko‘krak nishoni sohibi, serjant J.Yaxshiboyev va katta mutaxassis o‘qchi, “Alvon beret” sohibi, kichik serjant Ibroxim Qarshiyevlar qurol bilan ishlash va o‘zini himoya qilish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Savol-javob asosida o‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘quvchilarning sohaga oid bilimlarini yanada boyitdi.

Text to speech