14 Sentyabr 2022 yil
753
Manziliga yetolmagan og‘ufurush
Parcha nonu bir piyola suvga qonadigan nafsini qondirish uchun ayrim shaxslar o‘zgalar hayotini zaharlashdan tap tortmayapti. Jumladan, kosonlik J.S. ham ana shunday shaxslar toifasidan bo‘lib chiqdi.
Uyidan chiqib Nishon tumaniga yo‘l olgan bu shaxs ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uyg‘otdi. Uning yonlari tekshirib ko‘rilganda, 1 dona gugurt qutisiga solingan va 3 dona qora rangli sellofan paketga o‘ralgan marixuana giyohvandlik moddasi topildi. Giyohvand modda taroziga qo‘yilganda 16,8 gramm chiqdi.
Holat yuzasidan Nishon tumani IIB TB tomonidan ishi qo‘zg‘atildi.