Maʼnaviyat — yangi uygʼonish sari yoʼl
Barcha sohalarda boʼlgani kabi ichki ishlar organlari tizimlarida ham jamiyatda kechayotgan oʼzgarishlarga hamohang tarzda keng koʼlamli jahon andozalariga xos islohotlar amalga oshirilmoqda. Voha ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish bilan birga maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini boyitishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, yaqinda boshqarma rahbariyatining tashabbusi bilan Qarshi shahar madaniyat markaziga qarashli kinoteatrda “Ilhaq” nomli oʼzbek filьmi boshqarma sohaviy xizmatlari, Qarshi shahar IIO FMB xodimlariga namoyish etildi.
Rejissyor Jahongir Аhmedov olgan bu badiiy filьmda Ikkinchi jahon urushida beshta farzandidan judo boʼlgan Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Xonobod qishlogʼilik Zulfiya aya Zokirovaning oʼgʼillari va kelinlari qismati xususida hikoya qilinadi.
Mashʼum ikkinchi jahon urushi voqealari asosida olingan filьm qatnashchilarda chuqur taassurot uygʼotish bilan birga bir zum boʼlsa-da, asar qahramonlari bilan fikriy uygʼunlikka kirishib, maʼnaviy dam va hordiq olishiga zamin hozirladi.