7 Aprel 2022 yil 447

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida tadbir boʼlib oʼtdi

Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʼtkazilishi belgilandi.
Shu munosabat viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimida Maʼnaviyat olyligi doirasida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda IIV, viloyat IIB MMI va KBTX, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Qarshi shahar Maʼdaniyat boʼlimi, Turizm va sport boʼlimi, sohaviy xizmatlar, shahar-tuman IIBlari xodimlari, faxriylar va OАV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda joriy yilning oʼtgan davrida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy mahorati, maʼnaviiy salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik va kitobga boʼlgan qiziqishini oshirib, har tomonlama yetuk xodimlarni shakllantirish va xizmat davomida bu xislatlar fuqarolar bilan xushmuomalada boʼlishda asqotishi borasida hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Oʼtgan davrda hamkorlik natijasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilganini taʼkidlandi. Natijada fuqarolarda ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan haq-huquqlar, va manfaatlar himoyachisi degan ijobiy fikrlar uygʼongani eʼtirof etildi. Hamkor tashkilotlar bilan imzolangan memorandumlar natijasida oʼtkazilgan qator tadbirlarda ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy bilimi, dunyoqarashi va fikrlash qobiliyati rivojlangani qayd etildi.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Turizm va sport bosh boshqarmasi oʼrtasida hamkorlikni asoslovchi Memorandum imzolandi

Text to speech