30 Yanvar 2021 yil 1114

MА'NАVIYAT DUNYONI QUTQАRАDI

Qashqadaryo viloyati IIBda “Maʼnaviyat – dunyoni qutqaradi” mavzusida boʼlib oʼtgan maʼrifat darsi oldingilaridan oʼzgacha ruhda kechdi. Unda jahon sahnida va boshqa yoʼnalishlarda kechayotgan gʼoyaviy kurashlar va tahdidlar, turli axborot xurujlarga qarshi kurashishda maʼnaviyatning oʼrni beqiyosligi taʼkidlandi.

Mamlakatimizda ham maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish borasida samarali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, maʼnaviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash bugunning dolzarb talabidir. Shuning uchun ham Prezidentimiz raisligida joriy yil 19 yanvarь kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʼyicha oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida maʼnaviyat masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari oʼz nutqida: «Biz yangi Oʼzbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat», deya taʼkidlagani bejiz emas. Zero, diyorimiz milliy qadriyatlari, madaniyati rivojlangan, yuksak maʼnaviyatga ega tamaddun oʼchogʼidir. Tarixdan maʼlumki, yurtimizda maʼnaviyat mashʼalini baland koʼtargan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Oʼzining boy maʼnaviy merosi bilan dunyoga ziyo taratgan mutafakkirlar merosi xalqimiz maʼnaviyatining yuksalishiga zamin yaratgani maʼruzachilar tomonidan alohida taʼkidlandi.  .

Qiziqarli va taassurotlarga boy yigʼilish yakunida ichki ishlar organlari xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. 

Text to speech