13 Noyabr 2021 yil 559

Maʼnaviy salohiyatni yuksaltirish yoʼlida

Barcha sohalarda boʼlgani kabi ichki ishlar organlari tizimlarida ham jamiyatda kechayotgan oʼzgarishlarga hamohang tarzda keng koʼlamli jahon andozalariga xos islohotlar amalga oshirilmoqda. Voha ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish bilan birga maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini boyitishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, yaqinda boshqarma rahbariyatining tashabbusi bilan navbatdagi “Maьrifat darsi” Qarshi shahar madaniyat markaziga qarashli kinoteatrda tashkil etildi. Unda “Meros” nomli oʼzbek filьmi boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlariga namoyish etildi.
Bu badiiy filьmda odamiylik xislatlari, insonlarning bir-biriga boʼlgan mehr-muhabbati aks etgan voqealar asosida olingan filьm qatnashchilarning tarixiy tafakkurini boyitish bilan birga chuqur taassurot uygʼotdi. Tomoshabinlar bir zum boʼlsa-da, asar qahramonlari bilan fikriy uygʼunlikka kirishib, maʼnaviy dam va hordiq olishiga zamin hozirladi.

Text to speech