13 Avgust 2021 yil 488

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlarining malakasi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 30 iyul kunidagi “Tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini malakasini oshirish uchun maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan, 2021 yil 2 avgust kunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Qashqadaryo filialida tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining malaka oshirish o‘quv kurslari olib borilmoqda.
O‘quv kurslari IIV Malaka oshirish instituti tomonidan 144 soatdan iborat o‘quv dasturi asosida masofaviy onlayn tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” g‘oyasi asosida umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ular bilan psixologik yaqin muloqotni o‘rnatish hamda tarbiyaviy profilaktik tadbirlarni tashkil etishda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini kasbiy bilim va ko‘nikmalari oshirish maqsadida, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasining “Boshqaruvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining psixologiya markazi, A.Avloniy nomidagi XTMO‘IBITI “Umumta’lim kafedrasi”, Ichki ishlar vazirligi, IIV Akademiyasi hamda IIV Malaka oshirish institutining malakali mutaxassislari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining o‘zlashtirgan kasbiy bilim va ko‘nikmalari o‘quv kurslari yakuniga ko‘ra IIV Malaka oshirish institutiining elektron platformasi yordamida yakuniy sinovlar qabul qilish orqali baholanmoqda.

Text to speech