8 Aprel 2022 yil 521

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida

 

Ichki ishlar organlarida oʼtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda IIV, viloyat IIB MMI va KBTX, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Qarshi shahar Maʼdaniyat boʼlimi, Turizm va sport boʼlimi, sohaviy xizmatlar, shahar-tuman IIBlari xodimlari, faxriylar va OАV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yangi Oʼzbekiston strategiyasi” kitobi mazmun-mohiyati yuzasidan Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo boʼlimi rahbari Lola Saodatova maʼruza qildi. Kitob soʼzboshida aytilishicha, Yangi Oʼzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʼzgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yoʼnalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
Shuningdek, tadbirda xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini oshirish, xalqimizning atoqli adiblari ijodi va faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi adabiy maslahatchisi, atoqli shoir Oʼroz Haydar bilan uchrashuv tashkil etildi.
IIO faxriysi, isteʼfodagi mayor Oʼroz Haydar oʼz maʼruzasida Prezidentimiz tomonidan ijodkorlarga koʼrsatilayotgan ehtirom va imkoniyatlar haqida fikr bildirdi. Jumladan, “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi Prezident qarori qabul qilingani buning yana bir tasdigʼidir.
Tadbirda Oʼroz Haydar Usmon Nosirning hayoti va ijodi, asarlari haqida ishtirokchilarga maʼruza qildi. Ijodiy kecha qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech