Maʼnaviyat – yangi uygʼonish sari yoʼl
Qashqadaryo viloyati IIBda “Maʼnaviyat – yangi uygʼonish sari yoʼl” mavzusida maʼrifat darsi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda mavzu doirasida Qashqadaryo viloyati hokimligi maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari Latif Qambarov maʼruza qildi. Notiq yangilanayotgan Oʼzbekistonda ham maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarga davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida qaralayotganini, yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada yaxshilash, ming yillar mobaynida uning bagʼrida sayqallanib kelayotgan ibratli anʼana va qadriyatlarni targʼib etish borasida koʼplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi jamiyatdagi sogʼlom kuchlar, yuksak isteʼdod va tafakkur sohiblarining aqliy salohiyatini Vatan istiqboli sari yoʼnaltirish, millatlararo doʼstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, odamlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, bebaho madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashga, eng asosiysi, oʼzligimizni anglashga katta taʼsir koʼrsatdi.
Davlatimiz rahbari «Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʼlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir» deya bejiz taʼkidlamadi. Zero, diyorimiz milliy qadriyatlari, madaniyati rivojlangan, yuksak maʼnaviyatga ega tamaddun oʼchogʼidir.
Barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʼrtasida ham maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat jihatdan yangi pogʼonalarga koʼtarish, xodimlarning bilim saviyasini yanada yuksaltirish, maʼnaviyatli, vatanparvar, oʼz kasbiga sadoqatli va fidoyi xodimlarni shakllantirishga alohida yeʼtibor qaratilmoqda.
«Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!» deb belgilangan konseptual gʼoyada davlat mustaqilligini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolarning huquqlari va yerkinliklarini muhofaza qilish ustuvor vazifa yekanligi mujassamlantirildi.
Xulosa oʼrnida aytish mumkinki, maʼnaviyat insonning goʼzalligini anglatuvchi betakror moʼjizaviy kuch-qudrat, millatni buyuk va ulugʼvor maqsadlar sari birlashtiruvchi bayroq yekan, bu yoʼlda faqat fidoyilik, Vatanga cheksiz muhabbat muhim tushunchalar boʼlib qolaveradi.