Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Qashqadaryo viloyat musiqali dramma teatrida
ichki ishlar organlari xodimlari bilan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy
tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, shaxsiy tarkibi, faxriylar,
IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari, xodimlarning ota-onalari
ishtirok etishdi.
Tadbirni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari –
ma’naviy-ma’riy ishlar xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov
ochib, shaxsiy tarkibning xizmat intizomiva qonunchilikka, Ichki ishlar
organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi qoidalariga
rioya etishi, zimmasiga yuklangan vazifalarni bekamu ko‘st bajarish, korrupsion
holatlarga murosasiz bo‘lish orqali ichki ishlar organlarining imidjini
oshirishi lozimligini ta’kidladi.
Uchrashuvda viloyat IIB Faxriylar kengashi
raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov so‘zga chiqib, yosh xodimlarga ichki
ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar va kasbiy mahoratini
yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik,
xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish bo‘yicha tegishli tavsiya va
takliflarni bildirdi.
Ko‘lami keng tadbirda kasbiga, burchiga sodiq
qolib, jinoyatga jazo muqarrarligini ta’minlab, halollikni shiorga aylantirgan
ichki ishlar organlari xodimlari va ularning ota-onalari taqdirlandi.
Yakunda
ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Xalq shoiri Jumaniyoz Jabborovning qalamiga mansub “To`ydan oldin tomosha” nomli spektaklini
tomosha qilishdi.