16 Aprel 2022 yil 440

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 mart kunidagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʼtkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 15 aprel kuni Toʼrtinchi mintaqaviy xudud 2-son Jazoni ijro etish koloniyasi xizmat qilayotgan bir guruh yosh xodimlar Qarshi shahridagi «Аbu Ubayda ibn al-Jarroh» ziyoratgohida boʼlishdi,
Ushbu ziyoratgohda Qarshi davlat universiteti tarixchi olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan muzey tarkibidagi “Yangi Renessans sari” yoshlar klubi va kutubxonasida kitobxonlik tadbiri oʼtkazildi.

Text to speech