5 Aprel 2022 yil 554

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

 

Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, bu borada xodimlarning bilim va malakasini boyitish maqsadida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” kontseptual gʼoyasi asosida turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 4-5 aprel kunlari IIV Аshula va raqs ansambli Qashqadaryo viloyatining Muborak, Gʼuzor, Shahrisabz tumanlari, Qarshi shahrida boshqarma sohaviy xizmatlar xodimlari, shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolariga kontsert dasturini namoyish etishdi.
Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish Kontseptsiyasi hamda maʼnaviyat va maʼrifat oyligi doirasida tashkil etilgan kontsert dasturida IIV Аshula va raqs ansablining bir guruh xonandalari, soʼz ustalari vohaning Qarshi shahri, Muborak, Gʼuzor va Shahrisabz tumanlarida kontsert dasturini namoyish etishdi.
Kontsertga ichki ishlar organlari xodimlari oilasi bilan, sohada xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar, boquvchisini yoʼqotgan oilalar hamda xizmat burchini bajarish chogʼida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari taklif etildi.
Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Uchqun Tillaev rahbarligidagi guruhda el ardoqlagan sanʼatkorlar, Nihol mukofoti sovrindorlari Feruza Jumaniyozova, Farhod Qambarov, estrada xonandalri Sherali Bekmurodov, Ulugʼbek Xoliqov, Mashhura Ergasheva, Nurali Shukrullaev tomonidan aytilgan kuy-qoʼshiqlar va soʼz ustasi Oʼtkir Muhammadxujaev hamda qiziqchi Аvaz Oxun payrovlari muxlislarda katta tassurot qoldirdi.
Kontsertdan tushgan mablagʼlardan bir qismi ichki ishlar organlarining turli sohalarida xizmat qilib, ayni kunlarda faxriylik gashtini surayotgan faxriylarga, boquvchisini yoʼqotgan oilalarga, xizmat burchini bajarish chogʼida halok boʼlgan xodimlarning oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam, yaʼni sovgʼa sifatida berildi.

Text to speech