6 Yanvar 2025 yil 693

Mamlakatimizda har oyning birinchi yakshanbasi muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilingan. Shu sababli, “Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q” shiori ostida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Shahrisabz shahridagi Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Mamlakatimizda har oyning birinchi yakshanbasi muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilingan. Shu sababli, “Tarixiy xotirasiz  kelajak yo‘q” shiori ostida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Shahrisabz shahridagi Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida xodimlar olti bo‘limdan iborat muzey faoliyati va u yerdan joy olgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda muzey xodimlari tomonidan bu yerga qo‘yilgan qimmatbaho eksponatlar haqida xodimlarga batafsil ma’lumot berildi. Muzeyga sayohat xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, boshqarma xodimlari tomonidan muzeyga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarni qiziqtirgan savollariga ham javob berildi.

Text to speech