13 May 2020 yil 607

Maktab mulkini talon-taroj qilgan oʼgʼrilar ushlandi

Muborak tumani IIBga 2020 yil 12 may kuni tushgan xabarga koʼra, Muborak tumani “Tong” MFYda yashovchi Sh.K 2020 yil 13 apreldan 14 aprelga oʼtar kechasi oʼziga avvaldan tanish boʼlgan, Muborak tumani “Tong” MFYda yashovchi Sh.Sh, Muborak tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi I.S va Muborak tumani “Tong” MFY.da yashovchi N.S.lari bilan bir guruhga birlashib, Muborak tuman “Konchilar” MFYda joylashgan 1-umumiy oʼrta taʼlim maktabining informatika xonasidan 4 dona “Acer” rusumli sistema bloki (protsessor)larni va 5 dona “LCD Acer G206HlBb” rusumli monitorlarni, jami 9 558 300 soʼm miqdoridagi mol-mulklarni yashirin ravishda talon toroj qilishgan. Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB TB tomonidan K.Sh, Sh.Sh, S.I va S.Nga nisbatan Oʼz.R.JKning 169-m 2-q “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech