12 Aprel 2024 yil 386

“Mayning” fermasini tashkil etgan shaxs aniqlandi

Bugun axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Axborot-kommunikatsiya sohasida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar kundalik hayotimizda ko‘p qulayliklar yaratib, insonniyatning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilayotir.

Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi huquq-tartibot organlari faoliyatida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Jumladan, jinoyatchilik bilan kurashish amaliyotining rivojlanishi, xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash – ichki  ishlar organlari oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish, aksariyat holatlarda ular faoliyatining axborot va tahliliy ta’minlanganlik darajasi bilan belgilanadi.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatida ham axborot texnologiyalaridan samarali foydalanib, kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlanmoqda.   

Jumladan, yaqinda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va texnik tadbirlari davomida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro Aziz yashash uyida nazoratsiz daromad olish va noqonuniy yo‘llar bilan jinoiy boylik ortirish maqsadida noqonuniy “Mayning” fermasini tashkil etgani aniqlandi.

Ushbu xatti-harakati bilan fuqaro Aziz yashash uyi ichiga  o‘rnatilgan 11dona mayning qurilmasini elektr-tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri noqonuniy ravishda ulagan holda Qarshi shahar Elektr tarmoqlari korxonasi manfaatiga dastlabki malumotlarga ko‘ra 252 mln 666 ming 296 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi va daliliy ashyolar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi va boshqa noqonuniy holatlarga aloqadorligini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech