11 Mart 2021 yil
539
Mahkumlarni axloqan tuzatish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Jinoyat qonunchiligi javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash bilan birga, qonunga itoatkor mahkumlarga bir qator imtiyozlarni berishni ham nazarda tutadi.
Ushbu normalarning amaliyotdagi real ijrosi sifatida mana bugun Qarshi shahar probatsiya guruhining hisobida turgan hamda belgilangan majburiyatlarni ogʼishmay bajargan 12 nafar mahkumlarning jazosini muddatidan ilgari ozod etish boʼyicha jinoyat ishlari boʼyicha sudga taqdimnomalar kiritildi hamda sud ajrimlari bilan ushbu mahkumlar jazodan ozod etildi.
Bu boradagi tadbirlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.