3 Iyul 2021 yil 591

Mahkumlar jazodan ozod etildi

Qarshi shahar IIO FMBda Probatsiya guruhi hisobida turgan bir guruh mahkumlarning jazosini muddatidan ilgari ozod etish boʼyicha jinoyat ishlari boʼyicha Qarshi shahar sudi, prokuratura, IIB va jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar ishtirok etdi. Sayyor sudda ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi hisobida turgan bir guruh mahkumlarning ishini koʼrib chiqdi.
Hech kim onadan jinoyatchi boʼlib tugʼilmaydi. Shu bois bilib-bilmay, ehtiyotsizlik ortidan jinoyat sodir etgan shaxslarni toʼgʼri yoʼlga boshlab, foydali mehnat bilan shugʼullanishga jalb etish, jamiyatga moslashuvini taʼminlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bugunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jinoyat qonunchiligida javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash bilan birga, qonunga itoatkor mahkumlarga bir qator imtiyozlarni berish ham nazarda tutilgan. Ushbu normalarning amaliyotdagi real ijrosi sifatida Qarshi shahar IIO FMB Probatsiya guruhi hisobida turgan belgilangan majburiyatlarni ogʼishmay bajargan 18 nafar mahkumlarni jazodan ozod etildi.

Text to speech