16 Oktyabr 2021 yil 568

Mahkumlar ishga joylashtirildi


Yakkabogʼ tuman IIBda Jinoyat ishlari boʼyicha tuman sudining sayyor sud majlisi boʼlib oʼtdi. Unda probatsiya guruhi nazoratidagi 5 nafar shaxslarga nisbatan Yakkabogʼ tuman IIB boshligʼining bergan taqdimnomalari koʼrib chiqildi.
Sud nazoratda turgan bu shaxslarning axloqan tuzalish yoʼliga oʼtgani, belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilgani va qilmishining mohiyatini anglab, oʼzlariga tegishli xulosa chiqarganliklarini inobatga olib jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etdi.
Shuningdek, belgilangan jazodan oʼziga toʼgʼri xulosa chiqarmagani va sud tomonidan tayinlangan cheklash qoidalarini bir necha marotaba qoʼpol ravishda buzgani uchun 2 nafar probatsiya guruhi nazoratidagi shaxslarning jazosini ogʼirroq turdagi jazoga almashtirish toʼgʼrisida ajrimni eʼlon qildi.
Sayyor sud nihoyasida nazoratdagi shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida Yakkabogʼ tuman Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi xodimlari bilan hamkorlikda ishga marhamat mehnat yarmarkasi oʼtkazildi. Tadbirda 4 nafar shaxslarga ishga joylashishlari uchun yoʼllanmalar berildi.
Sodiq Rahimov, “Postda” muxbiri Qashqadaryo viloyati

Text to speech