27 Yanvar 2022 yil 487

Mahallalarda osoyishtalik barqaror

Аmalga oshirilgan faoliyat doirasida Qarshi shahridagi “Oydin” mahalla fuqarolar yigʼinida dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari olish maqsadida uydan chiqqan fuqarolar bilan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish boʼyicha profilaktik suhbat oʼtkazildi. Soʼngra, mahalla hududida yurgan fuqarolar toʼxtatilib, shaxsiga aniqlik kiritilib, ular tunda bemaqsad yurmaslik xususida ogohlantirildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari va faollar, jamoatchilik vakillari tadbir doirasida mahallada yashovchi nogiron, boquvchisini yoʼqotgan, yolgʼiz keksalar xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar olindi. Moddiy va maʼnaviy koʼmak berildi.
Shahar hududidagi maktab, maktabgacha taʼlim tashkiloti, savdo doʼkonlari va boshqa maishiy xizmat koʼrsatish shoxobchalari qorovullari, ishchi xizmatchilari faoliyati oʼrganilib, hushyorlikni yoʼqotmaslik xususida ogohlantirildi.

Text to speech