25 Dekabr 2020 yil 1018

Mahalladagi notinch oilalar muhokama qilindi

"Payshanba-profilaktika kuni" munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Qovchin MFYda viloyat IIB HPB XQMB boshligʼi podpolkovnik H.Toʼraeva, boshqarma katta inspektori kapitan Ch.Naibova, tuman IIB HPB XQMB katta inspektori katta leytenant M.Chorieva, hudud profilaktika inspektori leytenant Sh.Baratov va mahalla faollari ishtirokida mahalladagi notinch oilalar muhokama qilindi. Bu oilalarga oila-muqaddas dargoh ekanligi, jamiyatning bir boʼgʼini ekanligi, ota-ona oʼrtasida davom etib kelayotgan oilaviy ziddiyatlar farzandlari kelajagiga salbiy taьsir koʼrsatishligi, oilada bir-birlarini tushunib yashashligi kerakligi toʼgʼrisida tushunchalar berildi va bu oilalar yarashtirilib, jabrlanuvchi xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirib berilib, agar bundan keyin ham oilaviy mojorolar yana takrorlansa, Oʼzbekiston Respublikasi Maьmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 206-modda 1-qismi bilan javobgarlikka tortilishi toʼgʼrisida tomonlarga tushuntirildi.

Text to speech