8 Aprel 2021 yil 842

Mahallada jinoyat muhokamasi

Koson tumanida sodir  etilgan qotillik jinoyati yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, Koson tumani hokimligi, IIB, prokuratura xodimlari  va “Regzor” MFY faollari, jinoyat sodir etgan fuqarolarning ota-onalari va oila aʼzolari ishtirok etdi.

Maʼlum boʼlishicha, 2021 yil 21 mart kuni soat taxminan 18.00larda tumanning “Regzor” MFYda yashovchi J.L. oʼziga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinada uyidan chiqib ketib qaytib kelmasdan bedarak yoʼqolgan. Holat yuzasidan Koson tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida tumanning “Nartichuqur” MFYda yashovchi D.S. 2021 yil 21 mart kunidan 22 mart kuniga oʼtar kechasi soat 02.00larda “Nartichuqur” MFYda yashovchi D.E. va D.S. qarindoshi Yu.S. bilan “Regzor” MFYda yashovchi J.L. bilan oʼrtadagi oʼzaro tushunmovchilik tufayli janjali oqibatida qotillik jinoyati yuzaga kelgan.

Muhokamada jinoyatni yuzaga keltirgan omillar va shart-sharoitlar, yoshlarning tunda bemaqsad yurishi, ota-onalar birga yashovchi farzandlarini nazoratsiz qoldirgani sabab boʼlgani aytib oʼtildi. Bola ota-ona uchun har doim bola boʼlib qoladi. Boz ustiga mahalla faollari ham yoshlarga bemaqsad yurganda tanbeh bersa, foydadan xoli boʼlmaydi. Аxir xalqimizning bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan naqli bejizga aytilmagan.

Bu jinoyatni sodir etgan yoshlarning barchasi biror foydali ish bilan shugʼullanmaganini nahotki, mahalla faollari bilmaydi. Yoshlarni ish bilan taʼminlash yoki bank krediti asosida bandligini taʼminlash choralari koʼrilganda ehtimol mudhish jinoyatning oldi olingan boʼlarmidi. Nima boʼlganda ham bir oila otasiz qoldi, uch nafar yoshlar esa umrining ayni qaynoq damlarini besamar oʼtkazishiga toʼgʼri keladi. Oʼylaymizki, boshqalar bundan tegishli saboq chiqaradi, degan umiddamiz.      

Text to speech