12 Yanvar 2022 yil 321

Mahalla yoshlari bilan uchrashuv


Qarshi shahar “Gungon” MFYda yoshlar bilan 3-sektor ishchi guruhiningmahalla yoshlari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Unda mahalla yoshlarini qiynab kelayotgan muammolar bilan yaqindan tanishib, ularga yechim topish masalalari koʼrib chiqildi. Uchrashuvda davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar va yangi ish oʼrinlari, kasb-xunarga oʼrgatish va yoʼnaltirish, ularni ijimoiy muhofaza qilish, jamiyatda yoshlar faolligini oshirish boʼyicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilayotganiga toʼxtatilib oʼtildi.
Shundan soʼng, yoshlarning bandlik, tadbirkorlik uchun kredit ajratish va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv davomida 5 nafar yosh kasb-hunar oʼquv markazlariga oʼqish istagini bildirgan boʼlsa, yana bir nafar yoshning bandligi taʼminlandi. Har bir murojaat tinglanib, yechimi boʼyicha tegishli mutaxassislarga topshiriq va vazifalar berildi.

Text to speech