3 Dekabr 2021 yil 979

MАDXIYАMIZ, FАXRIMIZ, G'URURIMIZ

Har tong davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yangi kunni kutib olar ekanmiz, uning har bir chuqur maʼnoga ega satri, mardonavor va sohir ohangi bizni sehrlab qoʼyadi. Qalbimizda Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissini joʼsh urdiradi.
Madhiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami arafasida Qarshi shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi
binosida viloyat viloyat IIB va IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari xodimlari va IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari ishtirokida madhiyamiz kuylandi.
Taʼkidlash joizki, madhiyamiz ona Vatanimizdan gʼururlanishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga, bugunimizning qadriga yetishga, yangi marralarni zabt etishga undayveradi.

Text to speech