“Madaniyat markazi”da sayyor qabul
Muborak tumani “Madaniyat
markazi”da viloyat 3-sektor rahbariyatining fuqarolar bilan sayyor qabuli
bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi
boshlig‘i, podpolkovnik Isroil Ximmatov tomonidan fuqarolarning murojaatlari
tinglandi.
Bu galgi sayyor qabulda 23 nafar
fuqarolarning tibbiy va moddiy yordamga oid masalalasi , elektr simyog‘ochlar
o‘rnatish va boshqa maishiy va kundalik muammolari qabul qilinib, yechimini
topish choralari ko‘rildi.
Murojaatlarning joyida 5 tasi hal etildi.
Jumladan, fuqarolarga bir martalik moddiy yordam pullari topshirildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari qolgan 18 ta
murojaatni chuqur tahlil qilgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish
yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning
ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.