28 Yanvar 2025 yil 573

Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha viloyat shtabi tashkil etilib, vazifalar belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ - 1 - son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyati prokuraturasida,  mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda Dastur va hududiy “yo‘l xaritalari”ning ijrosini tizimli ravishda nazorat qiluvchi viloyat idoralararo muvofiqlashtirish shtabi va mazkur shtabning 2025 yil mobaynida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruhi tashkil etildi.

Mas’ul va aloqador tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolariga viloyat prokurorining o‘rinbosari Muxitdin Baxritdinov, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Rustamjon Do‘stmatov qaror talablaridan kelib chiqqan holda vazifalarni yukladi.

Text to speech