22 Yanvar 2025 yil 779

Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashda yangicha ishlash mexanizmi joriy etilmoqda

Keyingi yillarda mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada Prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori qabul qilindi. Hujjatning mazmun mohiyatini yetkazish maqsadida IIV ishchi guruhi vakili - IIV JXD YHXX Yo‘l infratuzilmasini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Abdullajonov, tuman hokimi F.G’ulomov va tuman prokurori S.Nazarovlar rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirda sektor rahbarlari, “mahalla yettiligi”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ijtimoiy soha vakillari ishtirok etishdi.

Endilikda, jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi. Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga 2025-yilda kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom biriktiriladigan bo’ldi.

Text to speech