Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan PQ-1-son qarorga muvofiq, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha 2025-yilda ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu qaror asosida mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan yo‘l xaritalari va manzilli dasturlar tasdiqlandi. Bugun polkovnik Jalolov Bahtiyor Odilovich boshchiligidagi ishchi guruh Ko`kdala tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimligi binosida davlat organlari va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbirda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida har bir mahallada
huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni
kuchaytirish, yoshlarga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kengaytirish hamda
xavfsizlikni ta’minlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha
takliflar bildirildi. Polkovnik Jalolov o‘z nutqida bu jarayonda jamoatchilik va
davlat organlarining hamkorligi muhimligini ta’kidladi.